Turkiyada qurilish kompaniyalarining 100 dan ortiq xodimi hibsga olindi
Ayni vaqtda qulagan binolar materiallaridan namunalar to‘planmoqda.

Turkiyada zilzila paytida qulagan uylarni qurgan bir qancha kompaniyalarining 131 nafar xodimini hibsga olish uchun order berildi.
Ayni paytda prokurorlar qulagan binolarning bir qismidan namunalar yig‘ishni boshladi.
Turkiya Adliya vazirligi dalillar to‘playdigan, pudratchilar, meʼmorlar, geologlar va muhandislardan iborat maxsus guruh yaratish rejalari haqida eʼlon qilgan.
Mamlakatning janubi-sharqida shu hafta boshida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari 24,6 mingdan oshdi.








