47.2 million yevro krediti bor korxona 265 milliard so‘mga sotildi
Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi maʼlum qildi.

«Quvasoysement» aksiyadorlik jamiyati “Kvars” AJ ustav kapitalidagi 89,78 foiz aksiyalar paketini 265 milliard so‘mga sotib oldi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining maʼlum qilishicha, «Quvasoysement»ga “Kvars” korxonasining 47,2 million yevro miqdoridagi kredit majburiyatlarini to‘liq qoplash yuklatilgan.
“Kvars” AJ aksiya paketini xususiylashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro jarayon natijalari Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli qarori bilan maʼqullangan.







