AQSH generali Rossiya yirik hujumga tayyorlanayotganini aytdi
Shu bilan birga Moskva sanksiyalar va eksport nazoratini cheklab o‘tayotganiga eʼtibor qaratilgan.

AQSH markaziy razvedka boshqarmasining sobiq direktori general Devid Petreus Rossiyaning Donbassdagi yangi hujumini taxmin qildi. Bu haqda u RedaktionsNetzwerk Deutschland (RND) mediaguruhiga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“Rossiya Donbassda yangi hujum boshlashga sharoit yaratayotganga o‘xshaydi. Katta ehtimol bilan bu Lugansk viloyatida bo‘ladi”, – degan u.
Shu bilan birga general RF armiyasi sonining kattaligi va unda turli qurollar borligiga eʼtibor qaratgan. Bundan tashqari, MRBning sobiq rahbari Moskva G‘arb sanksiyalari va eksport nazoratini ulkan xomashyo zaxiralari hisobiga aylanib o‘tayotganini taʼkidlagan.
Avvalroq qator G‘arb ekspertlari va “aql markazlari” Rossiya qo‘shinlari Ukrainada navbatdagi yirik hujumga tayyorgarlik ko‘rayotganini maʼlum qilgandi. Ularning aksariyati yangi hujumlar Lugank viloyatida amalga oshirilishini taxmin qilgan.







