AQSH o‘z fuqarolarini tezroq Rossiyani tark etishga chaqirmoqda
Qo‘shma Shtatlar Moskva ikki fuqarolikka ega amerikaliklarni harbiy xizmatga chaqirishidan xavfsiramoqda.

AQSHning Rossiyadagi elchixonasi RFda qolayotgan amerikaliklarni darhol mamlakatni tark etishga chaqirdi. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar fuqarolarini Rossiyaga kelishdan tiyilish tavsiya qilingan.
Bunga Ukraina nizosining “oldindan aytib bo‘lmas oqibatlari” sabab qilib ko‘rsatilgan. Bayonotda qayd etilishicha, Rossiya tomoni AQSH fuqarolarining ikki fuqaroligini bekor qilishi, ularni konsullik xizmatidan uzib qo‘yishi yoki harbiy xizmatga chaqirishi mumkin.
O‘tgan yilning sentyabrida elchixona xuddi shunday ogohlantirish bilan chiqqandi.







