O'zbekiston

“O‘zbekiston barcha gaz va neft zaxiralarini Rossiyaga topshirgani yolg‘on”

Energetika vaziri ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.

“O‘zbekiston barcha gaz va neft zaxiralarini Rossiyaga topshirgani yolg‘on”

 

Ijtimoiy tarmoqda O‘zbekiston barcha gaz va neft zaxiralarini 35 yilga Rossiya oligarxlariga topshirgani haqida xabarlar tarqaldi.

 

O‘zbekistondagi yetakchi OAV vakillari, blogerlar hamda ekspertlar energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, «O‘zbekneftgaz» rahbari Mehriddin Abdullayev bilan uchrashdi va bugungi kunda ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan savollarga izoh so‘radi.

 

Vazirning maʼlum qilishicha, O‘zbekiston energotizimini hech qaysi davlatga topshirib qo‘ymagan. Bu mutlaqo noto‘g‘ri va yolg‘on xabar.

 

Mahsulot taqsimotiga oid 35 yillik bitim O‘zbekistondagi barcha konlarga emas, Boysun tumanida joylashgan bitta M-25 koniga tegishli.

 

Mazkur bitim O‘zbekiston Respublikasi hukumati va 3 ta kompaniyadan iborat konsorsium tomonidan tuzilgan.

 

Investorlar hududga bir necha mlrd dollar investitsiya kiritadi, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshiradi, konni o‘zlashtiradi, zavod quradi, infratuzilma yaratadi. Bularning hammasi investorlar mablag‘lari evaziga bo‘ladi. Davlat byudjetidan pul ishlatilmaydi yoki davlat kafolati ostidagi kreditlar olinmaydi.

 

Kelgusida gaz ishlab chiqarish boshlangach, daromadning (barcha xarajatlar va O‘zbekistonga to‘lanadigan soliqlardan qolgani) 50 foizi O‘zbekiston Respublikasiga, qolgan 50 foizi esa investorlarga bo‘linadi.

 

Masʼullarning aytishicha, mazkur kon Surxondaryoning relyefi o‘ta murakkab bo‘lgan Boysun tog‘larida joylashgan. U yerda gaz qazib chiqarishni tashkil qilish uzoq va murakkab jarayon. Masalan, 2017 yilda ishlar boshlangan bo‘lsa, mana oradan salkam 6 yil o‘tgan bo‘lsada, haligacha gaz qazib chiqarish boshlangani yo‘q. Yaʼni bu joyda gaz qazib chiqarishni yo‘lga qo‘yishning o‘ziga kamida 8 yil, yo‘qsa taxminan 10 yil vaqt ketadi.

 

Ushbu kon juda noqulay joyda joylashgan. U garchi 1960 yillarda aniqlangan bo‘lsada, lekin sobiq SSSR vaqtida ham konni o‘zlashtirish imkoni bo‘lmagan.

 

Mustaqillik yillarida konni o‘zlashtirish bo‘yicha takliflar ko‘plab xorijiy kompaniyalarga berilgan (BP, Total va hk). Lekin ular rozi bo‘lishmagan.

 

2006 yilda Malayziyaning Petronas kompaniyasi hamda Saudiya Arabistonining Delta Oil kompaniyalari mazkur konni o‘rganishga kirishgan. Biroq, konning murakkab geologik tuzilishi, gaz tarkibida oltingugurt va uglevodorod oksidi miqdori yuqoriligi, iqtisodiy jihatdan past rentabelligi sababli yuqoridagi kompaniyalar 2013 yilda loyihadan o‘z ixtiyorlari bilan chiqishgan.

 

Shundan so‘ng kon yana bir necha yil qarovsiz qolgan. 2017 yilga kelib, yuqoridagi investorlarga berilgan.

 

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

“Bu xabarlarni vazir yubormagan”: Oliy ta’lim vazirligidan ogohlantirish

Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan yuborilayotgan xabarlar soxta ekani ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"