Ramzan Qodirovning yordamchisi zaharlandi
Checheniston rahbarining o‘zi bu haqda maʼlum qildi.

Ramzan Qodirov yordamchisi Apti Alaudinov zaharlanib, shifoxonaga yotqizilganini eʼlon qildi. Zaharli modda unga xat orqali yuborilgan.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Alaudinovning adyutanti 8 fevral kuni general uchun maktubni qabul qilib olgan. Xat esa zaharli modda bilan to‘yintirilgan bo‘lgan, general buni o‘tkir hiddan bilib qolgan va zaharga qarshi birlamchi charalarni ko‘rgan.
Ayni paytda Alaudinov va uning ikki yordamchisi Moskvadagi klinikada davolanmoqda. Holat bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda.







