Jahon

The Guardian: Eron Rossiyaga kuchliroq dronlar yetkazib bergan

Bu bo‘yicha kelishuv o‘tgan yilning noyabrida imzolangan.

The Guardian: Eron Rossiyaga kuchliroq dronlar yetkazib bergan

 

 

2022 yil noyabrida Eron Rossiyaga navbatdagi partiya dronlarini yetkazib bergan. Ular katta radiusli qurilmalar hisoblanadi. Bu haqda The Guardian nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

 

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Moskva va Tehron noyabrda yangi kelishuvga erishgan. O‘sha paytda Rossiya delegatsiyasi 6 dona Mohajer-6 dronlari hamda 12 ta Shahed 191 va 129uchuvchisiz qurilmalarini yetkazib berishni so‘ragan. Bundan avval Eron yetkazib bergan kamikadze-dronlardan farqli o‘laroq ushbu qurilmalardan ko‘p marta foydalanish mumkin — ular zarbalar bergandan keyin bazaga qaytishi mumkin.

 

Gazeta Rossiya mukammalroq uchuvchisiz qurilmalarga ehtiyoj sezayotganini qayd etgan. Chunki Ukraina tomoni Shahed-131 va Shahed-136 qurilmalarini urib tushirishda katta tajriba to‘plagan.

 

The Guardian manbalaridan biri dronlar RFga ikki yo‘nalish orqali kelganini aytgan. Ularning bir qismi Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining Kaspiy dengizi kemalarida tashilgan bo‘lsa, qolgan qismini Eron davlat aviakompaniyasi olib kelgan. Shu bilan birga 54 instruktordan iborat eronliklar guruhi ham yuborilgan bo‘lishi ehtimoli bor.

 

Jo‘natilgan dronlar Isfaxondagi zavodda ishlab chiqarilgan bo‘lishi mumkin. Bu zavodda yanvar oxirida portlashlar yuz bergandi. Bu esa o‘z navbatida Rossiyaga uchuvchisiz qurilmalar yetkazib berish masalasini so‘roq ostiga qo‘yadi, chunki korxona havo hujumi oqibatida katta zarar ko‘rgan bo‘lishi mumkin.

 

Moskva Ukrainada Eron dronlaridan faol foydalanib kelmoqda. 2022 yil kuzida The Washington Post Rossiya o‘z hududida bu qurilmalarni ishlab chiqarishni boshlashi mumkinligini yozgandi.

 

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

The Guardian: Eron Rossiyaga kuchliroq dronlar yetkazib bergan | Zamon.uz