Turkiya Filippinning qutqaruv guruhini rad etdi
Boshqa qutqaruvchilar ham mamlakatni tark etmoqda.

Turkiya hukumati Filippinning ikkinchi qutqaruv guruhini yuborish taklifini rad etdi. Bu haqda Filippin fuqarolik mudofaasi departamenti xabar bermoqda.
“Biz Turkiya hukumati qutqaruvchilarimizning ikkinchi guruhini qabul qilmasligi haqida maʼlumot oldik”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, zilziladan keyin tirik qolganlarni qutqarish uchun muhim bo‘lgan 72 soat o‘tib ketgan. Aynan shu davr qutqaruv operatsiyalari uchun eng qulay payt hisoblanadi.
Hozirda Turkiyada bo‘lib tugan boshqa qutqaruvchilar ham mamlakatni tark eta boshlagan. Bugungi kunda tirik qolganlarni topish imkoniyati deyarli yo‘q.
So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 31 643 kishiga yetdi. Zilziladan jabr ko‘rgan Suriyada ham 8,5 mingga yaqin odam halok bo‘lgan.








