Ukraina TIV: Rossiya bosqinining bir yilligini uzoq vaqt unutmaydi
Dmitriy Kuleba 24-fevral kuni Moskvaga qarshi BMTda keng-qamrovli bayonot va sanksiyalar qabul qilinishini aytmoqda.

Rossiya bosqinining bir yilligi arafasida Nyu-Yorkda ulkan o‘zgarishlar bo‘ladi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba maʼlum qildi.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, RF tashkilot Xavfsizlik kengashidan chiqarib yuborilmaydi. Ammo 23, 24-fevral kunlari Rossiya agressiyasiga bag‘ishlanadi.
"Ko‘plab muhim siyosiy signallar beriladi, sanksiyalar, qurollar bo‘yicha qarorlar, birdamlik belgilari bo‘ladi va bu barcha darajalarda amalga oshiriladi. Rossiya uning Ukrainaga qarshi keng qamrovli agressiyasini dunyo qanday nishonlashini unutmaydi", — degan Kuleba.
Avvalroq Ukraina va G‘arb davlatlari BMT Bosh assambleyasida tinchlikka erishish bo‘yicha maxsus rezolyutsiya tayyorlayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.







