Kim Chen Inning qizi tasvirlangan pochta markalari chiqarildi
U ballistik raketa fonida tasvirlangan.

Shimoliy Koreyada Kim Chen Inning qizi tasvirlangan pochta markalari chop etildi.
Markalar o‘tgan yili sinovdan o‘tkazilgan "Xvason-17" ballistik raketalariga bag‘ishlangan. Kim Chen In va uning qizi ham unda aks ettirilgan.
"Xvason-17" 15 ming kilometrga uchib bora oladi. U bir necha yadro zaryadlari olib yurishi mumkin.







