Samarqandda IIB xodimini haqorat qilgan fuqaroga jinoyat ishi ochildi
U restoranda janjal chiqarib, xodimlarga kuch ishlatmoqchi bo‘lgan.

Samarqand shahrida Ichki ishlar organi xodimini uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 12 fevral kuni fuqaro M.A. Samarqand shahridagi “Istiqlol” restoranida ovqatlanib, spirtli ichimlik ichish taʼsirda restoranda janjal ko‘targan va ishchilarga kuch ishlatishga uringan. Shuningdek, o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan kapitan D.Shodmonovni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro A.M. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (Haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.








