O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibining maxsus vakili bilan uchrashdi

Natalya German O‘zbekiston Prezidentiga muhim tashabbuslari uchun chuqur minnatdorlik bildirgan.

Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibining maxsus vakili bilan uchrashdi

 

Bugun, 14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi rahbari lavozimidagi missiyasini yakunlayotgan Natalya Germanni qabul qildi.

 

Davlat rahbari Markaziy Osiyoda konstruktiv muloqot va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalarida BMTning Mintaqaviy markazi va boshqa tuzilmalari bilan samarali hamkorlik qilinayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.

 

Keyingi bir necha yilda O‘zbekiston tashabbusi bilan va butun xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda Bosh assambleyaning mintaqadagi sheriklikning eng dolzarb yo‘nalishlari yuzasidan to‘rtta rezolyutsiyasi qabul qilindi.

 

Markazning bevosita ishtirokida O‘zbekistonda bir qator yirik xalqaro forum va uchrashuvlar birgalikda tashkil etildi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo yetakchi ayollarining muloqoti va Yoshlar uchun preventiv diplomatiya akademiyasi platformalari ishga tushirildi.

 

Natalya German O‘zbekiston Prezidentiga mintaqada do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ishonch muhitini mustahkamlash, amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilgan muhim tashabbuslari uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

 

BMTning yuqori darajali vakili o‘zining yangi - Birlashgan Millatlar Xavfsizlik kengashining Terrorizmga qarshi kurashish qo‘mitasi Ijroiya tuzilmasi rahbari lavozimida O‘zbekiston bilan mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash borasidagi yaqin hamkorlik bundan buyon ham davom etishiga ko‘maklashishini taʼkidladi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibining maxsus vakili bilan uchrashdi | Zamon.uz