Eron qurollari Ukrainaga ham berilishi mumkin
AQSH ma’muriyati musodara qilingan Eron qurollarini Kiyevga berishni o‘ylamoqda.

AQSH o‘lja qilib olingan Eron qurollarini Ukrainaga berishi mumkin. Bu haqda WSJ xabar berdi.
Gap Yaman xusiylariga yetkazib berilayotgan Eron qurollari haqida ketmoqda. Jozef Bayden ma’muriyati buning uchun yuridik asos qidirmoqda. Amerika amaldorlariga ko‘ra, bu o‘z ichiga 5 ming avtomat, 1.6 million o‘q-dori, bir qancha tankka qarshi raketa va 7000 mingdan ortiq masofadan boshqariladigan portlovchi moddalarni oladi.
Bu qurollarning barchasi so‘nggi oylarda Yaman qirg‘oqlarida qo‘lga olingan.
Tehron Ukraina mojarosi davomida Rossiyani faol ko‘llab-quvvatlayotgani aytiladi. Xususan, Moskva Eron dronlari yordamida Ukraina shaharlariga hujum uyushtirmoqda.







