O'zbekiston

Prezident “Hayot maktabi” dasturini amalga oshirish tashabbusini bildirdi

Dastur bitiruvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish va ish bilan taʼminlashga qaratilgan.

Prezident “Hayot maktabi” dasturini amalga oshirish tashabbusini bildirdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bandligini taʼminlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

 

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati manzilli va keng qamrovli. Xususan, o‘tgan yili 9 ming 406 ta mahallada yoshlar yetakchilari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularning muammolarini joyida hal etish imkoniyati yaratildi. Natijada yoshlar murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati 30 kundan 5 kunga qisqardi. Ayni paytda yetakchilarning tavsiyasi asosida yigit-qizlarga 25 ta yordam turlari ko‘rsatilmoqda.

 

Yosh avlodning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish va bandligini taʼminlash maqsadida 14-30 yoshdagi 9 million nafar yoshlarning balansi shakllantirildi. Bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” o‘tkazib kelinmoqda.

 

Yig‘ilishda bu boradagi ishlarni davom ettirib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish zarurligi taʼkidlandi. 

 

Davlat rahbari bitiruvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish va ish bilan taʼminlashga qaratilgan “Hayot maktabi” dasturini amalga oshirish tashabbusini bildirdi.

 

Yoshlarni eʼtibor va g‘amxo‘rlik bilan to‘la qamrab olish maqsadida ular “mahalladan vazirlikkacha” tizimi orqali davlat idoralariga biriktirilishi belgilandi.

 

Yoshlarga ajratilayotgan mablag‘larning shakllanishi va moliyalashtirish jarayonlarini raqamlashtirib, maqsadli yo‘naltirish vazifasi qo‘yildi. Yigit-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, biznes ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

 

Yoshlar sanʼat, adabiyot, sport sohalarida ham intiluvchan. Ularga bunday imkoniyatlarni yaqinlashtirish maqsadida hududlarda “Madaniyat karvoni” tadbirlari, festivallar, intellektual va sport musobaqalari o‘tkaziladi. Yoshlar saylgohlari, kreativ parklar tashkil etiladi.

 

Yoshlarni yot g‘oyalar xurujidan ishonchli himoya qilish uchun muqobil axborot resurslari yaratib, boyitib borish muhimligi aytildi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Prezident “Hayot maktabi” dasturini amalga oshirish tashabbusini bildirdi | Zamon.uz