Toshkentda Captiva 2 yoshli bolani urib yubordi
Shahar IIBB hodisa tafsilotlarini maʼlum qildi.

Kecha, 14-fevral kuni Toshkent shahrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB xabar qildi.
Qayd etilishicha, soat 16:00 larda Beltepa mahallasi haydovchi — 1968-yilda tug‘ilgan U.S. Captiva rusumli avtomashinasida orqaga harakatlanayotib, 2021-yilda tug‘ilgan M.U.ni urib yuborgan. YTH oqibatida M.U. olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.








