Toshkentdan Pekinga haftalik aviaqatnovlar soni oshiriladi
Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qildi.

2023 yilning 22 fevralidan boshlab Uzbekistan Airways Toshkentdan Pekinga har hafta ikki marta muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Parvozlar muntazam ravishda haftasiga ikki marta seshanba va chorshanba kunlari bajariladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq aviakompaniya Toshkent – Sharm el-Shayx – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar soni oshirilganini maʼlum qilgandi.








