O'zbekiston

Tojik kavragidan foydalanishga 3 yil moratoriy joriy qilinishi mumkin

Prezident yaylovlardan foydalanish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi.

Tojik kavragidan foydalanishga 3 yil moratoriy joriy qilinishi mumkin

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Bu haqda shu yil 23 yanvar kuni qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘rsatma berilgan edi.

 

O‘zbekistonda 21 million gektardan ziyod yaylovlar mavjud bo‘lib, ular chorvachilik, ipakchilik, asalarichilik kabi ko‘plab tarmoqlar uchun muhim manba. Lekin ulardan foydalanishga oid hozirgi tartib yaylovlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va mahsulot yetishtirishni cheklamoqda.

 

Shu bois, yangi tahrirda “Yaylovlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini hamda yaylov maydonlarini ijaraga berish tartibini ishlab chiqish taklif qilindi.

 

Bu ko‘plab iqtisodiy loyihalarga yo‘l ochadi. Xususan, Ispaniya va Portugaliyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan 7 million 800 ming dollar miqdoridagi grant mablag‘lari evaziga 4 ta loyiha shakllantirilgan. Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxonalar, Chorva hayvonlari genetik tadqiqoti laboratoriyasi tashkil etish, mayda shoxli mollarni raqamli identifikatsiya qilish shular jumlasidandir. Shuningdek, xalqaro moliya institutlarining grantlari hisobidan 500 gektar yaylovda quyoshdan muqobil energiya olish orqali quduqlardan suv chiqarish hamda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish rejalashtirilgan.

 

Maʼlumki, yaylov yerlarda kavrak yaxshi o‘sadi, u Qizil kitobga ham kiritilgan. Lekin ko‘p joylarda uning tabiiy ko‘payishi va qayta tiklanishiga zarar yetkazilmoqda. 2019 yilda tabiiy kavrak maydonlari 33 ming gektar bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yilga kelib qariyb yarmiga kamaygan.

 

Shu bois kavrakning har bir tupiga yetkazilgan zarar uchun jarima miqdorini oshirish, qizil kitobga kiritilgan tojik kavragidan foydalanishga 3 yil muddatga moratoriy joriy qilish taklif etilmoqda.

 

Davlat rahbari bu rejalarni maʼqullab, ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Tojik kavragidan foydalanishga 3 yil moratoriy joriy qilinishi mumkin | Zamon.uz