Turkiyadagi zilzila prezident sayloviga ham taʼsir ko‘rsatdi
Umumiy saylovlar keyinga qoldirilishi mumkin.

Turkiyada umumiy saylovlar olti oydan bir yilga qoldirilishi mumkin. Bu bo‘yicha mamlakat Oliy saylov komissiyasi tegishli tashabbus bilan chiqadi.
Avvalroq Rajab Toyyib Erdog‘on Turkiyada umumiy saylovlar (ham prezidentlik, ham parlament) 14 mayga belgilanganini maʼlum qilgan edi. Turkiya rahbari hukumat parlamentga ushbu sanani qabul qilishni taklif qilishini, rad etilgan taqdirda esa prezident vakolatlaridan foydalanishini aytgan. Erdog‘an Respublika Ittifoqidan nomzod bo‘ladi. Oltita muxolifat partiyasi koalitsiyasi hali nomzodini eʼlon qilgani yo‘q.
Turkiya parlamentining sobiq spikeri, sobiq bosh vazir o‘rinbosari Bulent Arinch saylovlarni keyinga qoldirishga chaqirgan edi, chunki zilzilalardan ketin turkiyaliklar saylov oldida stressdan xalos bo‘lishi kerak.
Saylovlarni boshqa muddatga qoldirish masalasini OSK muhokamaga qo‘yadi.








