O'zbekiston

“Ozodlik” ikkita jiddiy xatolikka yo‘l qo‘ygan" — Rasul Kusherbayev

Tabiat resurslari vaziriga maslahatchi “Ozodlik”ning neft va gaz konlari bo‘yicha surishtiruv haqida fikr bildirdi.

“Ozodlik” ikkita jiddiy xatolikka yo‘l qo‘ygan" — Rasul Kusherbayev

 

Sobiq deputat, tabiat resurslari vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev Ozodlik radiosining O‘zbekiston neft va gaz konlari bo‘yicha surishtiruv yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

 

"To‘g‘risini aytaman “Ozodlik”ning O‘zbekiston neft va gaz konlari bo‘yicha surishtiruvini ko‘rganimda ancha taʼsirlandim. Nahotki, shu maʼlumotlar rost bo‘lsa, degan savol o‘ylantirdi.

Lekin O‘zbekiston rasmiylari, sohaga masʼul tashkilotlar nima derkan, deb kutdim. Agar rasmiylar bu masalada jimlik saqlasa demak bu maʼlumotlar rost, degan fikrga borardim.

Ammo kuni kecha Energetika vazirligi , “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi tomonidan berilgan munosabatlar, jurnalist va blogerlarning fikri qolaversa, masʼul tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilgan dalillardan shuni bildimki, nazarimda “Ozodlik” ikkita jiddiy xatolikka yo‘l qo‘ygan.

Birinchisi, O‘zbekistonning butun gaz va neft konlarini barcha huquqlar bilan 35 yilga bitta kompaniyaga berishi va 35 mlrd AQSH dollari bir shaxsga tegishli korxonaga (ERIELL, ENTER Engineering) ishlatilgan degan iddao noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi", — yozadi u.

 

Kusherbayevning yozishicha, ushbu ayblovlarni ilgari surgan “Ozodlik” ijodkorlarida agar O‘zbekiston rasmiylari ko‘rsatgan dalillardan kuchli dalillar bo‘lsa buni ko‘rsatishi kerak.

 

Agar bunday dalil bo‘lmasa, xatoga yo‘l qo‘yilgani tan olinishi kerak. Bu ham ommaviy axborot vositalarining munosib pozitsiyasi bo‘ladi.

 

Taʼkidlanishicha, ikkinchidan O‘zbekiston rasmiylari bildirgan normativ hujjatlar qandaydir korxonalarning buxgalterlik hujjatlaridan ko‘ra ishonarli chiqdi. Va eng muhimi barcha kelishuvlar ro‘y rost aytildi. Surishtiruvdan avval mana shu ehtimoliy argumentlar inobatga olinishi kerak edi.

 

“Ozodlik”ning surishtiruvi chuqur asoslanmagan iddaolar bilan ommaga axborot tarqatishga bo‘lgan urinishga o‘xshab tuyulmoqda.

Bu ishdan maqsad nima ekanligi tushunarsizligicha qoldi.

Nima bo‘lganda ham bir shaxs yoki bir guruh emas, butun mamlakat hayoti bilan bog‘liq maʼlumot tarqatishdan oldin uning oqibati qanday bo‘lishini inobatga olgan holda, har tomonlama asosli faktlarga tayanilishi kerak.

Ayni o‘rinda ushbu material tom maʼnoda O‘zbekiston xalqini junbishga keltirishi mumkin. Asoslanmagan va ishonchsiz maʼlumotlarni xalqaro omma ixtiyoriga havola etish esa odamlarni manipulyatsiya qilish, deya baholanadi", — degan vazir maslahatchisi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Ozodlik” ikkita jiddiy xatolikka yo‘l qo‘ygan" — Rasul Kusherbayev | Zamon.uz