O'zbekiston

Prezident Buxoro tumanidagi xonadonda mehmon bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi “Rabotiqalmoq” mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi.

Prezident Buxoro tumanidagi xonadonda mehmon bo‘ldi

 

Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi “Rabotiqalmoq” mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi.

 

Bu yerda 9 mingdan ziyod aholi yashaydi. Quyi tizimdagi manzilli ishlar natijasi bu mahallada ham namoyon — tadbirkorlik rivojlanib, ish o‘rinlari ko‘paymoqda. Xususan, ilgari foydalanilmay yotgan maydonda tikuvchilik korxonasi barpo etildi. 30 dan ortiq xotin-qiz o‘z mahallasida ishli bo‘ldi. Yaqinda ish boshlaganiga qaramay, korxona 100 mingta trikotaj mahsulotlari uchun buyurtma olgan.

 

Davlatimiz rahbari mazkur korxona faoliyati bilan tanishib, ishchilar bilan suhbatlashdi.

 

"Mahalladagi o‘zgarishlarni, sizning ishli bo‘lganingizni ko‘rib, xursand bo‘ldim. Bular — xalq ichiga kirib, xalq bilan birga qilayotgan saʼy-harakatlarimizning kichik bir natijasi. Agar hokimlik va tashkilotlar sharoit yaratib berolsa, har bir oila o‘zini eplab ketolsa, maqsadimga erishgan bo‘laman. Shunda katta oilamiz — davlatimiz ham mustahkam bo‘ladi", — dedi Prezident.

 

Shu yerda viloyatdagi tadbirkor ayollarning hanarmandchilik mahsulotlaridan namunalar namoyish etildi. Ular ishlab chiqarishda va kasanachilik asosida xotin-qizlar bandligini taʼminlayotganini so‘zlab berishdi. Davlatimiz rahbari ularning bu boradagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

 

Rabotiqalmoq mahallasida yana 10 dan ortiq savdo va servis shoxobchalari, Tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish markazi ham bor. Mahalla fuqarolar yig‘ini binosi mukammal taʼmirlangan. Aholining bo‘sh vaqti mazmunli o‘tishi uchun “Otaxonlar choyxonasi”, kutubxona, sport maydonchasi, hammom va xiyobonlar tashkil etilgan.

 

Davlatimiz rahbari bu sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, shu yerlik Baxtiyor Po‘latov xonadonida mehmon bo‘ldi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Prezident Buxoro tumanidagi xonadonda mehmon bo‘ldi | Zamon.uz