O'zbekiston

Prezident Buxoroda IES faoliyati bilan tanishdi

Joriy yilda viloyatda yillik elektr iste’moli 4,3 milliard kilovatt soatni tashkil etishi kutilmoqda.

Prezident Buxoroda IES faoliyati bilan tanishdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi «Aksa Enerji Bukhara» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishga tushirilgan issiqlik elektr stansiyasi faoliyati bilan tanishdi.

 

O‘tgan yili «Aksa Enerji Bukhara» tomonidan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirilgan edi. U 150 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya evaziga barpo etilgan. Uskuna va jihozlar Turkiyadan keltirilgan. Bu yerda 150 kishi mehnat qiladi.

 

Stansiya quvvati 270 Megavatt. Bu yiliga 2 milliard 200 million kilovatt soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqarish, viloyatning 60 foiz iste’molini qoplash imkonini beradi.

 

Davlatimiz rahbari stansiyaning dispetcherxonasini ko‘zdan kechirdi, boshqaruvchilar bilan suhbatlashdi.

 

2023-yilda Buxoroda yillik elektr iste’moli 4,3 milliard kilovatt soatni tashkil etib, taqchillik 150 million kilovatt soat bo‘lishi kutilayotganini inobatga olib, mutasaddilarga viloyatda taqchillikni qoplash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash, energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish va tarmoqlarda yo‘qotishlarni kamaytirish, sohaga yuqori texnologiyalarini jalb qilish yuzasidan topshiriqlar berildi. 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident Buxoroda IES faoliyati bilan tanishdi | Zamon.uz