Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi — foto
Prezidentning Buxoro viloyatiga tashrifi boshlandi.

Prezident Buxoroga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi.



Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi. Qurʼon tilovat qilindi.
Davlat rahbarining viloyatga tashrifi doirasida mahallalar hayoti va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, yangi loyihalarni ishga tushirish hamda viloyatni rivojlantirishning muhim masalalarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.










