Xitoy COVID-19 ustidan “buyuk va hal qiluvchi g‘alaba”ni e’lon qildi
Xitoy rahbariyati koronavirusga qarshi kurashda “buyuk va hal qiluvchi g‘alaba”ni e’lon qildi.

Bayonotda aytilishicha, Xitoy noyabr oyidan boshlab nisbatan qisqa vaqt ichida pandemiyadan normal hayotga “benuqson o‘tishni amalga oshirdi”.
"Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, Markaziy Qo‘mita pandemiya bilan bog‘liq vaziyatni baholashda to‘g‘ri qarorlar qabul qilgan va strategik tuzatishlar kiritgan", — deyiladi hujjatda.
Xitoy matbuotiga ko'ra, koronavirus pandemiyasi davrida mamlakatda 200 milliondan ortiq kasallangan odam tibbiy yordamdan foydalangan, 800 mingga yaqin og'ir bemorlar tuzalib ketgan. Ayni paytda mamlakatda COVID-19'dan o'lim darajasi dunyodagi eng past darajada.
Shu bilan birga, Siyosiy byuro XXRning 1,4 milliard aholisini hushyor bo‘lishga chaqirdi, shuningdek, keksa aholini emlashni tezlashtirishga qaror qildi.







