IIV rahbari Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisiga aylandi
Ayni damda MOQda federatsiyaning navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʻlat Bobojonov Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.
Ayni daqiqalarda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʻlat Bobojonov federatsiya raisi lavozimiga saylandi.
Ma'lumot o'rnida, Poʻlat Bobojonov 1961-yil 1-yanvarda Xorazm viloyatida tavallud topgan. 2017-yildan Ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.







