JSST: Urush tufayli 10 mln ukrainalik ruhiy jarohat olishi mumkin
Bu mamlakat aholisining 1/4 qismini tashkil etadi.

10 million ukrainalik jangovar harakatlar oqibatida ruhiy jarohat olishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa byurosi bosh direktori Xans Klyuge maʼlum qildi.
Janob Kluge bu haqda Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 4 million kishida o‘rtacha yoki og‘ir darajadagi muammolar bo‘lishi mumkin.
Dekabr oyida JSST matbuot kotibi ham brifingda 10 million ukrainalik ruhiy kasallikka chalinish xavfi borligini aytgandi.








