Toshkentda avtobus YTHga uchradi
Hodisa oqibatida jarohatlanganlar bor.

Bugun, 18 fevral kuni Toshkent shahrining Sergeli tumani tumanida yo‘lovchi avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB maʼlumot berdi.
Hodisa soat 06:45 da Sergeli tumanining Yangi Sergeli ko‘chasida yuz bergan. Unda “MAN” rusumli avtobus hamda Lasetti rusumli avtomashinalari o‘zaro to‘qnashib ketgan. YTH oqibatida 3 nafar fuqaro tan jarohat olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








