Toshkentda daraxtlar yana qasddan nobud qilindi
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 17 fevral kuni 30 dan ortiq daraxt qasdan nobud qilindi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “M.T.” MCHJga ijaraga berilgan 5000 kvadrat metr hududdagi 35 dona daraxt maxsus qasddan nobud qilinganligi oqibatida o‘simlik dunyosiga 196 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
O‘tkazilgan tekshirish natijasiga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.








