Turkiyadagi zilzila mamlakatga sayyohlar oqimini kamaytirdi
Turkompaniyalar savdolari taxminan 25 foizga pasaygan.

Turkiyada yuz bergan zilzila turizm industriyasiga ham taʼsir qildi. Mamlakatdagi plyaj va diqqatga sazovor joylarga sayohatlar savdosi sezilarli darajada pasaygan.
Ayniqsa, kataklizm qurbonlari soni jiddiy ko‘payganidan keyin sayyohlar yoz uchun turlarni sotib olishni sekinlashtirdi. So‘nggi 10 kun ichida avvaldan qilingan bronlar bekor qilindi.
Turkompaniyalar savdolari taxminan 25 foizga kamaydi.
Sayyohlar va turoperatorlar endi kutish hamda kuzatish pozitsiyasini egallashmoqda.








