Olmaliqda bankomatni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Holat yuzasidan IIBB maʼlumot berdi.

Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan tezkor profilaktik tadbirlar davomida bankomatdan pul o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxs voqea joyida ushlandi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 12-fevral kuni soat 00:30 larda Olmaliq shahar “Oydin” MFY hududida joylashgan Xalq bankiga tegishli bankomatni 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro B.Yu. o‘tkir tig‘li jism bilan buzib ochib, ichida mavjud bo‘lgan pullarini olishga uringan.
Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.








