O'zbekiston

Oqqo‘rg‘onda 4 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi

Yana 3 kishi ushbu tashxis bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Oqqo‘rg‘onda 4 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi

 

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida 17-fevral kuni 4 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

 

Voqea joyida Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi bir oilaning 3 nafar aʼzosi — 1961 yilda tug‘ilgan ayol A.Z., 1978 yilda tug‘ilgan erkak X.M. va 1982 yilda tug‘ilgan ayol S.R. vafot etgan. Shuningdek, ushbu xonadonda yashovchi 18 yoshli R.M., 20 yoshli D.M., 11 yoshli T.M. va 2 yoshli H.A. “nomaʼlum etiologik zaharlanish” tashxisi bilan tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan, 18 yoshli R.M. kasalxona jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

 

Holat yuzasidan tayinlangan sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki maʼlumotnomasida fuqarolar marhumlarning o‘limi bo‘yicha sud tibbiy tashxisi “is gazidan o‘tkir zaharlanish, murda dog‘larining och pushti rangdaligi, ichki aʼzolar pushti rangga kirishi, qonning suyuq holati, ichki aʼzolarning to‘laqonligi, miya va o‘pka shishi, nomaʼlum etiologiyali ovqatdan zaharlanish” ekanligi qayd etilgan. 

 

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.