Toshkent metropolitenida savdo maydonchalari tiklanadi
Ular tadbirkorlarga elektron auksion shartlarida ijaraga beriladi.

«Novza» metro stansiyasining piyodalar o‘tish yo‘llarida savdo maydonchalari tiklanadi, deya xabar bermoqda «O‘zA» axborot agentligi.
Toshkent metropoliteni matbuot xizmati rahbari To‘ychi Mirzayevning maʼlum qilishicha, Toshkent metropolitenida savdo maydonchalari qaytariladi. Bu kabi savdo maydonchalari faoliyati tajriba tariqasida «Novza» metro stansiyasining piyodalar o‘tish yo‘llarida tashkil etiladi. Yerosti va yerusti metro bekatlaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tadbirkorlarga elektron auksion shartlarida ijaraga beriladi.
Maʼlumot uchun: o‘tgan yillar davomida Toshkent metropoliten harakat tarkibini yangilash maqsadida to‘qqizta yangi to‘rt vagonli metro poyezdlari xarid qilingan hamda 23 ta to‘rt vagondan iborat metro poyezdlari kapital taʼmirlangan.








