Ukraina Yevroittifoq oilasi aʼzosi—Josep Borrel
Yevrokomissiya Ukrainani qo‘shish uchun maksimal tez ishlamoqda.

Ukraina Yevropa Ittifoqi oilasiga, Yevropa madaniyati va sivilizatsiyasiga mansub va albatta assotsiatsiya aʼzosi bo‘ladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Josep Borrel Myunxen xavfsizlik konferensiyasida maʼlum qildi.
U Kiyev barcha islohotlarni tezda uddasidan chiqishiga ishonch bildirdi va Bryussel uni qo‘llab-quvvatlashi kerakligini aytdi. Borrelning so‘zlariga ko‘ra, Yevrokomissiya “ilgari hech qachon bunchalik tez ishlamagan”.








