AQSHda politsiyachilar hushsiz haydovchini qutqarib qolishdi
Ayol yonayotgan mashinada qolib ketgan edi.

AQSHning Kolorado shtatida politsiyachilar hushsiz haydovchini qutqarib qoldi. Ayol haydovchi mashinasida panjarga urilgan bo‘lgan.
Atrofdagilar mashina yonib ketgani, haydovchi hamon ichkarida va qimirlamay qolgani haqida politsiyaga xabar berib, yordam chaqirishgan. Maʼlum bo‘lishicha, ayol mashinani haydab ketayotib hushidan ketgan.
Politsiyachilar nafaqat hushidan ketgan ayolni mashinadan chiqarib olishdi, balki boshqalarga xavf tug‘dirmasligi uchun mashinani muvaffaqiyatli o‘chirishgan.








