Putin va Van I uchrashishi mumkin
Xitoyning sobiq tashqi ishlar vaziri shu haftada Moskvaga boradi.

RF prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi tashqi ishlar qo‘mitasi rahbari Van I o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib o‘tdi.
“Biz Van Ining prezident bilan uchrashishini istisno qilmaymiz. U haqiqatan ham Moskvada bo‘ladi ”, — dedi Kreml rasmiy vakili.
Van I shu haftada Moskvaga kelishni rejalashtirgan.







