Rossiya va Xitoyning mineral o‘g‘itlar bozoridagi taʼsiri AQSHga yoqmayapti
Bloomberg bu bo‘yicha tahlillarini eʼlon qildi.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini mineral o‘g‘itlarni “global taʼsirga ega strategik dastak”ka aylantirdi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.
Ukraina mojarosi oziq-ovqat inqirozini keltirib chiqardi. Bu qashshoq davlatlarga katta zarba bo‘ldi.
“Bu o‘g‘it va ularni nazorat qiladiganlarni dunyoning siyosiy kun tartibida oldingi marralarga chiqardi”, – deyiladi agentlik maqolasida.
Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyo mineral o‘g‘itlar bozorida Xitoy yetakchi — u yiliga 31.9 million tonna azot va 6.1 million tonna kaliy ishlab chiqaradi. Undan keyingi o‘rinda Rossiya turadi. RF yiliga 11.2 million tonna azot va 9.5 million tonna kaliy chiqaradi. Uchinchi o‘rinda Belarus: 1 million tonna azot va 7.6 million tonna kaliy.
Pekin, Moskva va Minskning global bozordagi o‘rni AQSH va boshqa G‘arb davlatlarining xavotiriga sabab bo‘lmoqda.







