Jahon

Rossiyada hujumni davom ettirish uchun yetarli zaxira yo‘qligi aytilmoqda

Ukraina mojarosi davomida RF 16 ta tank polkidan ayrilgan bo‘lishi mumkin.

Rossiyada hujumni davom ettirish uchun yetarli zaxira yo‘qligi aytilmoqda

 

Rossiyada Lugansk viloyatida boshlangan hujumni rivojlantirish va sezilarli muvaffaqiyatlarga erishish uchun yetarli zaxiralar yo‘q. Bu haqda Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) ekspertlari maʼlum qildi.

 

G‘arbiy harbiy okrug bo‘linmalari tarkibini o‘rgangan tahlilchilar ularning ayrimlarida tank qismlari yo‘qligiga eʼtibor qaratgan. Bu Rossiyada yo‘qotilgan bronetexnika o‘rnini to‘ldirishda qiyinchiliklar borligini ko‘rsatadi.

 

“Rossiya kuchlarida katta ehtimol bilan zaxirada bir qancha qayta tiklangan mexanizatsiya qismlari bor, ammo ushbu cheklangan rezervlarni Luganskdagi frontga yuborish hujum tempini o‘zgartira olmaydi”, – deyiladi hisobotda.

 

Ekspertlarning fikricha, bu rezervlarni jangga kiritish cheklangan o‘zgarishlarga olib keladi, ammo belgilangan strategik maqsadlarga erishish uchun yetarli emas.

 

ISW taxminiga ko‘ra, RF Ukraina mojarosi davomida 16 ta tank polkini yo‘qotgan. Hozirda zirhli texnikani taʼmirlash va yangilarini ishlab chiqarishga quvvatlar yetishmayapti. Bu o‘z navbatida Rossiya quruqlik qo‘shinlarini zarbdor kuchlardan mahrum etmoqda.

 

 

 

custom img

Bangladeshda qizamiq epidemiyasi: mingdan ortiq bola vafot etdi

Mamlakatda 19,8 milliondan ziyod bola emlanganiga qaramay, kasallik tarqalishi davom etmoqda.

custom img

Prezidentga yana viza berilmadi: AQSh Falastin rasmiylariga cheklovni uzaytirdi

Falastin prezidenti Mahmud Abbos ketma-ket ikkinchi yil BMT Bosh Assambleyasidagi yig‘ilishlarda shaxsan ishtirok eta olmaydi.

custom img

Tijoriy guvohnoma va immigratsiya ishi: AQSHda ikki o‘zbekistonlik hibsga olindi

Ulardan biri avval ham mast holda avtomobil boshqargani uchun sudlangan.

custom img

13 yoshgacha — taqiq, 15 yoshgacha — cheklov: Yevropada ijtimoiy tarmoqlarga yangi talablar

Yevropa Ittifoqida bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga yangi yosh cheklovlari kiritilishi taklif qilinmoqda.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"