Shavkat Mirziyoyev Misrdagi Ahmad Farg‘oniy majmuasini ziyorat qildi
2007 yilda bu yerda Ahmad Farg‘oniyga haykal o‘rnatilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasidagi rasmiy tashrifini Ahmad Farg‘oniy majmuasini ziyorat qilishdan boshladi.
Buyuk astronom, matematik va geografi ilmining bilimdoni bo‘lgan Al Farg‘oniy Bog‘dod, Damashq va Qohira shaharlarida ko‘p kashfiyotlar qilgan. Nil daryosidagi Ravza orolida suv sathini o‘lchaydigan inshoot — “Miqyos an-Nil” nomi bilan mashhur nilometr aynan ulug‘ vatandoshimiz tashabbusi bilan barpo etilgan.
2007 yilda bu yerda Ahmad Farg‘oniyga haykal o‘rnatilgan. Davlat rahbari ushbu inshootni ko‘zdan kechirdi, uning tarixi, mutafakkir bobomizning ilmiy merosi haqida olimlar bilan suhbatlashdi.








