O'zbekiston

Toshkentda ko‘p qavatli "stoyanka"lar quriladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Toshkentda ko‘p qavatli "stoyanka"lar quriladi

 

Toshkent shahrida ko‘p qavatli avtoturargohlar quriladi. Bu haqda 16-fevral kuni qabul qilingan “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida so‘z boradi.

 

Unga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligining maxsus tashkil qilinadigan davlat muassasasiga yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratgan holda Davlat byudjeti hisobidan yoki davlat-xususiy sherikchilik asosida Toshkent shahrida ko‘p qavatli avtoturargohlarni qurish va ularni tayyor biznes sifatida tadbirkorlik subyektlariga avtoturargoh profilini o‘zgartirmaslik sharti bilan sotish amaliyoti joriy etiladi.

 

Ko‘p qavatli avtoturargohlarni o‘z tannarxining 10 foiz miqdorida boshlang‘ich qiymatda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish imkoniyati taqdim etiladi.

 

Mazkur joylar qurilishini moliyalashtirish respublika va mahalliy byudjet daromadlarining rejadan orttirib bajarilgan qismidan teng ulushlarda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda transportlar oqimi to‘planuvchi manzillarda 4 ta ko‘p qavatli avtoturargohlarni qurish joylari tanlab olinadi.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda ko‘p qavatli "stoyanka"lar quriladi | Zamon.uz