O'zbekiston

Toshkentda nomaʼlum shaxs bolani maktabdan sudrab olib ketmoqchi bo‘lgani aytildi

Holatga shahar IIBB izoh berdi.

Toshkentda nomaʼlum shaxs bolani maktabdan sudrab olib ketmoqchi bo‘lgani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida erkak kishi yosh bolani qo‘lidan ushlab tortganligi va bola undan qochib ketganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Holat yuzasidan shahar IIBB maʼlumot berdi.

 

Hodisa bugun, 19 fevral kuni soat 12:35 larda Yashnobod tumani Aviasozlar-2 dahasidagi 151-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida yuz bergan. Nomaʼlum shaxs shu maktab o‘quvchisi — 2011 yilda tug‘ilgan M.О.ni to‘xtatib, qo‘lidan ushlab “Shu maktabda tahsil olasanmi?” deb so‘ragan. Voyaga yetmagan M.o. ushbu shaxsni tanimaganligi sababli u bilan gaplashmasligini bildirib, qo‘yib yuborishini aytgan, so‘ng uyiga ketgan.

 

Bola hozirda ota-onasining yonida sog‘-salomat holatda. Holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. O‘rganishlar jarayonida videoda aks etgan shaxs 1994 yilda tug‘ilgan M.U. ekanligi aniqlangan.

 

“Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, — deyiladi xabarda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda nomaʼlum shaxs bolani maktabdan sudrab olib ketmoqchi bo‘lgani aytildi | Zamon.uz