1-martdan mahalliy aviaqatnovlar tarmog‘i kengayadi
Keyinchalik ichki turizm yo‘nalishidagi aviaqatnovlar uchun miqdorda byudjetdan subsidiya ajratiladi.

•2023 yil martdan Samarqand–Nukus, Samarqand–Mo‘ynoq, Samarqand–Termiz, Buxoro–Termiz, Namangan–Termiz va Namangan–Nukus kabi yangi yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlarni boshlash;
•Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga aviaqatnovlarni tiklash, shuningdek, Zomin aeroportiga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish;
•aviaqatnovlar jadvalini yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lgan temir yo‘l, avtobus va mikroavtobus yo‘nalishlari bilan integrasiyalash orqali yagona logistika tizimini yaratish choralari ko‘riladi.
O‘zbekistonning rezident aviakompaniyalariga ichki turizm yo‘nalishlaridagi aviaqatnovlar uchun avia chipta narxining 25 foizi miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratish muddati 2026 yil 1 yanvargacha uzaytiriladi.
O‘zbekistonning rezident aviakompaniyalari 2028 yil 1 yanvargacha O‘zbekistonga olib kiriladigan, havo kemalariga xizmat ko‘rsatish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, texnik hujjatlar va dasturiy ta’minot uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod qilinadi.







