Bayden Varshavada Anjey Duda bilan uchrashdi
Prezident saroyida davlat rahbarlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Polshaga tashrif buyurgan AQSH Prezidenti Jo Bayden hamkasbi Anjey Duda bilan uchrashdi. Bu haqda Polsha Prezidenti devoni maʼlum qildi.
Varshavadagi Prezident saroyida davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralardan so‘ng prezidentlarning matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, 20 fevral kuni Oq uy rahbari Kiyevda Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgandi. Shundan keyin Bayden Polshaga kelgan.








