Kim Kardashianning ashaddiy muxlisi qo'lga olindi
Yulduzning aytishicha, u modelga olmos ko'zli uzuk ham yuborgan.

Mashhur aktrisa va model Kim Kardashian ta’qibga uchradi. G‘arb matbuotiga ko‘ra, yulduzga yaqinlashishi taqiqlangan obsesif muxlis Kardashianning uyiga kirishga urinadi.
Jomuan Viktor Zigler ismli shaxs qizning uyiga kirishga ulgurmadi. Biroq u Los-Anjeles huquq-tartibot idoralari tomonidan hibsga olingan.
Ma’lumot uchun, bundan bir oy avval Kardashianning ushbu muxlisiga nisbatan ehtiyot chorasi qo‘llanilgandi. Yulduzning so‘zlariga ko‘ra, u bir necha bor uning uyiga kirishga harakat qilgan va hatto olmosli uzuk ham yuborgan.







