ISW: Rossiya Belarusni “yutib yuborsa”, NATO sharqiy qanotida yangi xavf paydo bo‘ladi
Ekspertlar bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun Ukrainaga yordamni davom ettirishni tavsiya qilmoqda.

Rossiya Belarusni yutib yuborishga tayyorlanmoqda, bu NATOning sharqiy qanotida yangi xavf tug‘diradi. Bu haqda Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) ekspertlari prognoz qildi.
Tahlilchilar NATOni yaqin kelajakda alyansning sharqiy qanoti - Belarusda yangi muammo paydo bo‘lishi mumkinligiga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirmoqda.
Ekspertlar 2030 yilgacha Belarusni to‘liq o‘zlashtirish strategiyasini ko‘rsatadigan OAV qo‘liga tushgan Kreml hujjatiga ishora qiladi.
“Agar bu ro‘y bersa va Rossiya Qrim hamda Xerson viloyatining bir qismini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lsa, Moskva Ukraina va NATOning sharqiy chegaralariga qo‘shimcha tahdidlar uchun jiddiy asosga ega bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun G‘arb Ukrainaga uning hududiy yaxlitligini saqlab qolish uchun har qanday holatda yordam berish tavsiya etilgan.







