Noqonuniy sotilayotgan yerlar aniqlandi
DXX bir qator yer savdolarining oldini oldi.

DXX Yer maydonlarini noqonuniy sotayotganlarni qo‘lga oldi.
Xususan, Koson tumanidagi fermer xo‘jaligi rahbari 49 yil muddatga ijaraga berilgan 50 gektar yer maydonini 1mlrd 200 million so‘m evaziga pullamoqchi bo‘ldi. U pulning 590 million so‘m qismini olayotganda qo‘lga olindi. Xuddi shunday holat Kasbi tumanida ham aniqlandi.
Shuningdek, Sirdaryoda fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun ajratilgan 4,5 gektar yer maydoni 30 AQSH dollariga narxlangan hamda oldindan 20ming AQSH dollari berilayotganda mutasaddilar tomonidan ushlangan.







