O‘zbekistonda qancha ishsiz bor?
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri bu bo‘yicha raqamlarni ochiqladi.

Bugungi kunda mehnatga layoqatli aholining 1,3 millioni ishsiz. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev maʼlum qildi.
"Mamlakatimizda kambag‘allikni kamaytirish va bandlikni taʼminlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim – hokim yordamchilari instituti tashkil etildi. Hozirda respublikadagi mavjud mahallalarda 10 ming nafarga yaqin hokim yordamchilari faoliyat yuritib, ular tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda", — deb taʼkidladi Behzod Musayev.
Shuningdek, hokim yordamchilari orqali subsidiyalar ajratish, ish bilan taʼminlash, kasbiy tayyorgarlikka jalb qilish va biznes yuritish ko‘nikmalari orqali qariyb 2,2 million kishining bandligi taʼminlangani aytib o‘tildi.







