Qator sudyalar lavozimga tayinlandi
Sudyalar oliy kengashi bu haqda maʼlumot berdi.

Bir qator sudyalar lavozimga tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi maʼlum qildi.
Jumladan:
➖Jo‘rayeva Dilfuza Ro‘zimuratovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Sirdaryo viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
➖Kenjabayev Akmal Axmatjanovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tumani sudining sudyasi lavozimiga;
➖Rahimov Davlat Davronovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Qashqadaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
➖Sariboyev Sanjar Abduvaliyevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumani sudining sudyasi lavozimiga;
➖Sangirov Nodirbek Rahmon o‘g‘li – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
➖Turdimuradov Jahongir Narziqulovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Sirdaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
➖Qodirov Alibek Davronovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimi;
➖Boboyeva Dildora Norboy qizi – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.







