Rossiya shaharlarida raketa hujumi xavfi eʼlon qilindi (video)
Keyinchalik bu feyk va ukrainalik xakerlarning ishi ekanligi maʼlum qilingan.

Rossiyaning qator shaharlarida havo trevogasi signallari yangradi. Xususan, Belgorod, Ufa, Qozon, Novosibirsk, Penza, Voronej, Magnitogorsk va boshqa shaharlar aholisi raketa hujumlari xavfi haqida xabarlar olgan.
Rossiya FVV bu yangiliklar feyk ekanini eʼlon qildi. Belgorod shahar maʼmuriyati radiostansiyalardan biri xakerlar hujumiga uchragani va uni katta ehtimol bilan ukrainaliklar buzib kirganini maʼlum qilgan.
Voronej hokimiyati ham xakerlar hujumi bo‘lganini taʼkidlagan va bunda “Kiyev rejimiga xayrixoh” guruhlarni ayblagan.







