Jahon

Rossiyada olov va suvga chidamli mato yaratildi

U 450 darajagacha issiqlikka bardosh bera oladi.

Rossiyada olov va suvga chidamli mato yaratildi

 

Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universiteti olimlari olov va suvga chidamli “aqlli” mato yaratdi.

 

Mato meta-aramid tolalariga asoslangan. Mato Selsiy shkalasi bo‘yicha 450 darajagacha issiqlikka bardosh bera oladi, ammo rangni o‘ziga qiyin singdiradi.

 

Uni ishlab chiqqan olimlar matoni bo‘yalgan holda ishlab chiqish hamda chidamliligini oshirishga muvaffaq bo‘lishdi. Mato mustahkamligini yo‘qotmasdan -80 dan +50 darajagacha haroratga bardosh bera oladi.

 

Himoya kostyumlari va maxsus kiyimlar tikishda yoki mebel yoki pol qoplamalari ishlab chiqarish, transport vositalari hamda fazoviy kemalar bezaklarini tayyorlashda mazkur materialdan foydalanilishi mumkin.

 

Ushbu material sinovlardan o‘tkazildi hamda mahalliy ishlab chiqarishga joriy qilinyapti.

 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Rossiyada olov va suvga chidamli mato yaratildi | Zamon.uz