O'zbekiston

Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi o‘zgardi

Bu bo‘yicha Hukumat namunaviy nizomni tasdiqladi.

Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi o‘zgardi

 

Kecha, 21 fevral kuni Hukumat qarori bilan Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar berildi.

 

Mazkur nizom davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi muassasa (tashkilot)lar tomonidan sud ekspertizasi tadqiqotlari o‘tkazilishi tartibi va shartlarini belgilaydi.

 

Nizomga ko‘ra, quyidagi holatlarda sud ekspertiga ish materiallari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazish taqiqlanadi:

 

—ish materiallari bo‘yicha manfaatdor tomonlar bilan qarindosh bo‘lganda;

 

—ish materiallari bo‘yicha manfaatdor tomonlar bilan davlat sud-ekspertiza muassasasi hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining rahbarlari, tarkibiy bo‘linma boshliqlari va ularning yaqin qarindoshlari bo‘lganda, bundan tadqiqotlar o‘tkazuvchi yagona tashkilot bo‘lgan holatlar mustasno;

 

—ish materiallari bo‘yicha manfaatdor tomonlardan biri nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining mulkdori, muassisi, kuzatuv kengashi, ijro organi aʼzosi, kreditori, sug‘urtalovchisi hamda ularning yaqin qarindoshlari bo‘lganda;

 

—ustav fondi (ustav kapitali)da nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining yoki sud ekspertining ulushi bo‘lgan yuridik shaxsning xulosadan manfaatdorligi bo‘lganda;

 

—tirik shaxsga nisbatan sud ekspertizasini o‘tkazishda mazkur shaxsga uning tayinlanishidan oldin tibbiy yordam ko‘rsatilganda. Mazkur cheklov sud-tibbiy yoki sud psixiatrik ekspertizalar shaxsni bevosita ko‘rikdan o‘tkazmasdan amalga oshirilgan hollarda ham amal qiladi;

 

—sud ekspertining xolisligiga va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lganda.

 

Ekspertizani tayinlashga vakolatli organ (shaxs)ning qarori (ajrimi) asosida tadqiqotlarni o‘tkazish muddatlari sud ekspertizalarining hajmi va murakkabligiga, shuningdek, sud ekspertining ish hajmiga ko‘ra 30 kun doirasida belgilanadi.

 

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.