Xitoy-Rossiya yaqinlashmoqda: Van I Patrushev bilan tahdidlarga birgalikda qarshi turishga kelishib oldi
XXR sobiq tashqi ishlar vaziri kecha Moskvaga borgandi.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi Van I va Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev muzokaralariga oid sharh eʼlon qildi. Uchrashuv kecha Moskvada bo‘lib o‘tgan.
Qayd etilishicha, tomonlar xalqaro strategik vaziyatni muhokama qilishgan. Ular har qanday tahdid va qo‘rqitishlarga qarshi turishga, xalqaro munosabatlarni demokratlashuviga birgalikda harakat qilishga kelishib olgan.
Shu bilan birga Rossiya-Ukraina mojarosi muhokama qilingani haqida maʼlumot keltirilmagan. TIV faqatgina “Ukraina masalasida fikr almashilgani”ni aytmoqda.







